Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahallada yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘rganish ishlari

“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida tuman Kengashi deputati hamda Yong‘in xavfsizligi xodimlari tomonidan Charog‘bon mahallasidagi xonadonlar, ovqatlanish shahobchalari, savdo do‘konlari va ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi. Uchrashuv davomida yong‘inga qarshi kurashish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Aholiga yong‘in xavfsizligi qoidalari tushuntirildi, mavjud kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, profilaktika tadbirlarini kuchaytirish hamda yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan rejalar ishlab chiqildi.

Tuman Kengashi deputati

M. Aminova

Slide 1 of 2