Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputati S. Konkelov aholi va yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Uchrashuvda deputat Joriy yilning 2 - dekabr kuni Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyurib, xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida faollar oldiga qo‘ygan vazifalar, viloyat ahli jumladan tuman aholisiga kelgusi yilda taqdim etiladigan imkoniyatlar, yangi loyihalar va dasturlar, imtiyozlar haqida so‘z yuritdi. Gʻallaorol tumanida rejalashtirilgan loyihalarning amalga oshirilishida yoshlarning o‘rni beqiyos ekanligi ta’kidlandi. 5 - Xonimqo‘rg‘on saylov okrugi deputati S.Konkelov yil davomidagi faoliyati bo‘yicha aholiga hisobot berdi. Takliflar yozib olinib ijro jarayoniga yo‘naltirildi. Tadbirda Kengash kotibiyati mudiri B. Qorajonov ishtirok etdi.