O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarorining ijrosi yuzasidan xalq deputatlari Termiz shahar Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Sh.Allamurodova tomonidan Termiz shahar “Bog‘ishamol” mahallasida “mahalla vakillari” ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishda deputat xotin-qizlar o‘rtasida reproduktiv salomatlik qoidalarini, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratishda faol ishtirok etish, yoshlarning ishga joylashishiga ko‘maklashish, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatishni tashkil qilish, ichki resurslarni, shu jumladan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘ngillilarni ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatishga jalb qilish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Yig‘ilishdan so‘ngida, mahallaga tashrif buyurgan fuqarolar murojaatlari tinglanib, murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi.