Yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

DEPUTATLIK UCHRASHUVI

Hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini samarali nazorat qilish hamda mahallalardagi muammolarni hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlarining “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan qaroriga muvofiq xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashiga 5-Guliston-Galaguzar saylov okrugidan saylangan deputat O.Umarov tomonidan “Guliston” mahalla fuqarolar yog‘ini “Mahalla yettiligi” vakillarining muammolarini o‘rganish maqsadida uchrashuv o‘tkazdi.

Slide 1 of 4