O‘zbekiston-Vengriya munosabatlari sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
Davlat rahbari 20 may kuni Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazdi, Milliy majlis spikeri Laslo Kyover, Vengriyaning yetakchi
bank va kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
21 may kuni O‘zbekiston yetakchisi Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etib, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator muhim
tashabbuslarni ilgari surdi.
Prezidentimiz uchrashuvdagi nutqida iqtisodiy sheriklikni kengaytirish maqsadida qator ustuvor yo‘nalishlarni ko‘rsatib o‘tdi. Qo‘shma loyihalarni birgalikda moliyalashtirish va tayyor mahsulotlarni uchinchi mamlakatlarning istiqbolli bozorlariga eksport qilishni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida urg‘u berildi.