Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati S.Xodjakeldiyev tumandagi "Fayzavo" mahallasida Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2025-yil 15-may kunidagi “Ta’lim tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish masalalari” bo‘yicha videoselektorda mahalliy Kengash deputatlariga bergan vazifalarni saylovchilarga yetkazdi.
Shu maqsadda deputat Davlatimiz rahbari tomonidan videoselektor yig‘ilishi davomida ta'kidlab o'tgan hozirda 7-11 sinf o‘quvchilari kuniga 8 soatgacha vaqtini telefonda ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazayotgani maktab direktori va muallimni ham, ota-onalarni ham o‘ylantirishi zarurligi yuzasidan deputat davra suhbati davomida saylovchilarga yetkazib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga butun tizimi bilan “favqulodda to‘qson kunlik” tartibida ishlashga o‘tish topshirilganiligini xam ta’kidlab o‘tdi.