9 may – Xotira va qadrlash kuni
Hurmatli yurtdoshlar!
Sizlarni 9-may – Xotira va qadrlash kuni bilan chin dildan qutlaymiz!
Ajdodlarimizning yuksak jasorati avlodlar uchun har doim o‘rnak bo‘lib xizmat qiladi. Ozodlik va musaffo osmonimiz yo‘lida o‘z hayotini qurbon qilgan hamyurtlarimiz ruhi
poklariga doimo hurmat bajo keltiramiz.
Vatan ozodligi uchun kurashgan yurtdoshlarimiz va ularning avlodlarini, butun yurtimiz ahlini bayram bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog‘lik, ko‘tarinki
kayfiyat va tinchlik-xotirjamlik tilaymiz!
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi jamoasi.