Yangiliklar

G'oyibon mahallasida "Mahalla yettiligi" faoliyati o‘rganildi.

G'oyibon mahallasida "Mahalla yettiligi" faoliyati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati, siyosiy partiyalar hamda kotibiyat mutaxassisi D. Qanoatov bilan birgalikda G'oyibon mahallasida "Mahalla yettiligi" faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallada olib borilayotgan ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash hamda mahalladagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mas’ullar bilan istiqboldagi vazifalar yuzasidan fikr almashilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mahalla faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3