“15-may — Xalqaro oila kuni” munosabati bilan Shayxontohur tumani FHDYO bo'limida tuman faollari ishtirokida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashining deputatlari M.Raxmatillayeva va N.Tuykulovalar va tuman hokimi o'rinbosari Z.Toxirova hamda tuman faollari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida mahalladagi oilalarning ijtimoiy holati, yoshlar tarbiyasi, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, oilalarda maʼnaviy muhitni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, yosh oilalar va fuqarolar bilan muloqot oʻtkazilib, ularning taklif hamda murojaatlari tinglandi hamda "Ibratli oila" ko'krak nishonlari topshirildi.
Tadbir doirasida oila qadriyatlarini asrash, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Deputatlar tomonidan ushbu uchrashuv oilalar farovonligini taʼminlash hamda mahalla tizimi faoliyatini yanada samarali tashkil etishga xizmat qilishi taʼkidlab oʻtildi.