Yangiliklar

deputat faoliyati

Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi Kotibiyati mudiri N.Karimov “Zangiota” mahalla fuqarolar yigʻinida tuman mahalla uyushmasi masʼullari bilan birgalikda fuqarolar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida aholi tomonidan bildirilgan muammolar, ijtimoiy masalalar va mahalla rivoji bilan bogʻliq dolzarb masalalar muhokama qilindi. Fuqarolar oʻz fikr va takliflarini bildirish imkoniga ega boʻldi, masʼullar esa barcha savollarga batafsil javob berdi.
Ochiq muloqat yakunida N.Karimov tomonidan bunday ochiq muloqotlar mahalla faoliyatini yanada samarali qilish va aholi bilan hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qilishini taʼkidlab oʻtdi. 

Slide 1 of 2