Hurmatli jurnalistlar, blogerlar, matbuot kotiblari, tahririyatlar jamoalari hamda ommaviy axborot vositalari sohasida fidokorona mehnat qilayotgan barcha xodimlarni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi nomidan samimiy muborakbod etamiz!
🎉 Sizlarning xolis, tezkor va haqqoniy axborot tarqatish yo‘lidagi mashaqqatli mehnatingiz jamiyat taraqqiyoti, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolarning axborot olish huquqini ro‘yobga chiqarishda muhim o‘rin tutadi.
🤝 Xalq bilan davlat o‘rtasidagi ishonchli ko‘prik bo‘lib xizmat qilayotganingiz, dolzarb muammolarni yoritish va ularning yechimiga hissa qo‘shayotganingiz tahsinga loyiq.
🌟 Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, ijodiy yutuqlar, kasbiy zafarlar hamda mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bayramingiz muborak bo‘lsin! 💐
Hurmat bilan,
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi