Deputat tashabbusi bilan tumanda joylashgan 276-sonli umumtaʼlim maktabiga turli badiiy va oʻquv adabiyotlaridan iborat kitoblar toʻplami sovgʻa qilindi.
Mazkur xayrli tashabbus oʻquvchilarning kitobga boʻlgan qiziqishini oshirish, ularning maʼnaviy dunyosi va bilim saviyasini yuksaltirishga xizmat qiladi. Bunday eʼtibor yoshlarning taʼlim-tarbiyasiga boʻlgan masʼuliyatni yanada kuchaytirishga zamin yaratadi.
Tadbir yakunida deputat Xasan Raxmatov taʼkidlaganidek, yoshlarning bilimli va barkamol boʻlib ulgʻayishi jamiyat taraqqiyotining eng muhim omilidir.