Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputati Gulasal Raxmonova tomonidan "Zangiota" mahalla fuqarolar yig'inida mahalla yettiligi, fuqarolar ishtirokida o'rganish ishlari olib borildi.
O'rganish jarayoni aholi bilan ochiq muloqot tarzda tashkil etilib, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga alohida e'tibor qaratildi.
Hususan, murojaatda ko'tarilgan masalalarning ayrimlari bo'yicha joyida ijobiy hal qilindi, ayrimlariga tushuntirish berildi. Eski sim yog'ochlarni yangi zamonaviysiga almashtirish bo'yicha elektr korxonasi tomonidan bartaraf etilishi ma'lum qilindi.
Uchrashuv yakunida deputat G.Raxmonova tomonidan bunday ochiq muloqot va uchrashuvlarning ko'plab tashkil etilishi fuqarolarning ishonchini oqlashga sabab bo'lishi ta'kidlandi.