Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputatilari D.Asadullayev va A.Umarovlarning "Obinazir" hamda "Bog'ko'cha" mahallalarida olib borilgan o'rganishlar va fuqarolardan kelib tushgan murojaat asosida kiritilgan deputatlik so'rovi ijobiy hal etildi.
Deputat so‘rovi asosida ko‘chalarni asfalt qilish ishlari belgilangan muddatlarda sifatli tarzda amalga oshirildi.
Natijada, yo‘llarning sifati va transport vositalarining harakat xavfsizligi oshdi hamda aholi uchun qulayliklar yaratildi.
Tuman hududi infratuzilmasini rivojlantirish va fuqarolarimiz uchun yanada qulay sharoitlar yaratish borasidagi ishlar davom ettiriladi.