O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “Shaharsozlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish hamda 2023-2027-yillarda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-299-son qarorining 5-ilovasi bilan tasdiqlangan manzilli dasturining ijrosi yuzasidan Ishtixon tumani “Ko‘tarma” MFY va unga chegaradosh “Qoraqishloq” MFY, “Damariq” MFYlar hududining shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemasi hamda “Ko‘tarma” MFY aholi punktining batafsil rejalashtirish loyihasi tayanch tarhi sxemalari hamda texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari haqida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari uchun taqdimoti bo‘lib o‘tdi.