Bugungi kunda pillachilik sohasi qishloq aholisi uchun serdaromad sohalardan biriga aylanib ulgurdi.
Pillachilik tarmog‘ini rivojlantirish sohasida Ishtixon tumanida ayollar faolligini yanada oshirish borasidagi ishlar amalga oshirilmoqda.
Viloyat hokimining o‘rinbosari oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Z.Raxmonova, xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi raisi F.Ruziyev, xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati B.Qilichev va tegishli mas’ullar bilan birgalikda ipak qurtini boquvchi pilla yetishtiruvchi ayollar bilan va o‘rma tutzorlar barpo etgan fermerlar bilan uchrashdilar.
Tumandagi Ipak sanoati uyushmasini ham borib ko‘zdan kechirdilar.