Oliy Majlis Senatining ellik birinchi yalpi majlisi bo'lib o'tdi
Bugun, 30-mart kuni, Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ellik birinchi yalpi majlisi bo'lib o'tdi
Unda Senat, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralarning vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari, doimiy komissiya raislari qatnashishdi.
Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilayotgan yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi