Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP deputatlik guruhi tomonidan partiyaning "O‘zbekiston inson qadri ulug‘langan yurt" loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi
🔹 Muqaddas Ramazon oyi va umumxalq “Navro‘z” bayrami munosabati bilan Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari F.Mirzayev, O.Dadajonova, A.Alobidinov, O‘zbekiston “Adolat” SDP Farg‘ona tuman Kengashi raisi N.Karimovlari tashabbusi bilan tumanning Qorasuv, Farg‘ona mahalla fuqarolari yig‘inlarida istiqomat qiluvchi ijtimoiy og‘ir sharoitdagi, ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan va davolanishga muhtoj fuqarlar holidan xabar olinib, mana shunday Jannatmakon yurtda istiqomat qilayotganligimiz, xalqparvar Yurtboshimiz nomlaridan qo‘shaloq bayramlar bilan tabriklab, fuqarolarimizni ko‘nglini shod ayladilar.
🔹 Zero, yaxshilik, hayr-saxovat, mehr-oqibat, silai rahm kabi ulug‘ fazilatlar doimo insonga ziynat bo‘lib kelgan. Bunday olijanob hislatlarni o‘zida mujassam eta olgan insongina el-yurtning og‘irini yengil qila oladigan fazilatli shaxs hisoblanadi. Xuddi shunday fazilatlar xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri ekanligi bugun barchamizni hayotimizda o‘z aksini topgan.