Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP deputatlik guruhi tomonidan partiyaning "O‘zbekiston inson qadri ulug‘langan yurt" loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi
🔹 Muqaddas Ramazon oyi va umumxalq “Navro‘z” bayrami munosabati bilan Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari O.Dadajonova, F.Mirzayev, O‘zbekiston “Adolat” SDP Farg‘ona tuman Kengashi raisi N.Karimovlari tashabbusi bilan tumanning Birdamlik mahalla fuqarolari yig‘inida istiqomat qiluvchi ijtimoiy og‘ir sharoitdagi, ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan va davolanishga muhtoj fuqarlar holidan xabar olinib, mana shunday Jannatmakon yurtda istiqomat qilayotganligimiz, xalqparvar Yurtboshimiz nomlaridan qo‘shaloq bayramlar bilan tabriklab, fuqarolarimizni ko‘nglini shod ayladilar.
🔹 Mehr-muruvvat, saxovat va birodarlik insonning ziynatidir. Xalqimizda muhtojlarga, boquvchisini yo’qotganlarga, jismoniy zaiflikka ega bo’lganlarga mehr ulashish, ularga ko’mak berish va e’tibor qaratish kabi olijanob fazilatlar bolalikdan tarbiyalanadi, bora-bora shakllantiriladi. Muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida yoshi ulug’ insonlar va nogironlarni manzilli ijtimoiy qo’llab-quvvatlash go‘zal an’anaga aylanib, jonajon xalqimizni rozi bo'lishiga xizmat qilmoqda.