Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Polmon MFYda o'rganish
янв.21
Toshbuloq MFYda o'rganish
янв.21
Qarovsiz yotgan chiqindilarni tartibga keltirish va atrof-muhitni muhofaza qilish holatini joyida o‘rganildi
янв.21
Qarovsiz yotgan chiqindilarni tartibga keltirish yuzasidan o'rganish
янв.21
“Oqoltin” va “Qo‘shqanot” mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘rganishlar
янв.21
Hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish
янв.21
Haftalik ishlar dasturi belgilab olindi
янв.21
Tomorqa — daromad manbai: “Qumqishloq” tajribasi o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat va yoshlar yetakchisi: Tomorqa – daromad manbai
Deputatlik so‘rovi ijrosi: murojaat qilingan masala ijrosini ta’minlash nazoratga olindi

Fuqarolar murojaatlari va ijtimoiy soha obyektlarida mavjud muammolarni hal etishda deputatlik nazorati muhim o‘rin tutadi.
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati O.Ollomurodov tomonidan ko‘tarilgan masala yuzasidan amaliy ishlar boshlandi.

“Shaffof” mahallasi hududida joylashgan Muzrabot xizmat ko‘rsatish texnikumi jamoasi tomonidan yashil hududlarni sug‘orish uchun qo‘shimcha suv ta’minotini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha murojaat qilingan edi. Murojaatda texnikum hududiga suv yetkazib berish maqsadida “Turon” ko‘chasi bo‘ylab ariq qazishda amaliy yordam so‘ralgan.

Yashil hududlarni muntazam sug‘orish uchun qo‘shimcha suv ta’minotiga ehtiyoj mavjudligi aniqlanib, “Shaffof” mahallasi “Turon” ko‘chasi bo‘ylab, “Azizbek” to‘yxonasi yonidan texnikum hududigacha suv yetkazish imkoniyatlari mutasaddi tashkilotlar ishtirokida joyida o‘rganildi.

O‘rganishlar natijasida texnikumning yashil maydonlarini suv bilan ta’minlash imkoniyati mavjudligi belgilanib, ariq qazish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga amaliy choralar ko‘rish vazifasi yuklatildi.

Hozirgi kunda mazkur masalani amaldagi qonunchilik talablari va texnik imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich hal etish ishlari olib borilmoqda. Ariq qazish va suv oqimini tashkil etish bilan bog‘liq ishlar belgilangan tartibda amalga oshirilishi ta’minlanadi.

Slide 1 of 1