Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Polmon MFYda o'rganish
янв.21
Toshbuloq MFYda o'rganish
янв.21
Qarovsiz yotgan chiqindilarni tartibga keltirish va atrof-muhitni muhofaza qilish holatini joyida o‘rganildi
янв.21
Qarovsiz yotgan chiqindilarni tartibga keltirish yuzasidan o'rganish
янв.21
“Oqoltin” va “Qo‘shqanot” mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘rganishlar
янв.21
Hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish
янв.21
Haftalik ishlar dasturi belgilab olindi
янв.21
Tomorqa — daromad manbai: “Qumqishloq” tajribasi o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat va yoshlar yetakchisi: Tomorqa – daromad manbai
Kengash_faoliyati

Bandixon tumani: Hokim yordamchisi ko‘magi – oilaviy tadbirkorlik poydevori!

Bandixon tumanida “Har bir oila tadbirkor” tamoyili shunchaki shior emas, balki har bir xonadonga kirib borayotgan daromad manbaiga aylanmoqda. Mahallabay ishlash tizimi orqali aholi bandligini ta’minlash va tomorqadan unumli foydalanish masalalari doimiy e’tiborda.

✅O‘rganish jarayoni va maqsad.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda deputatlari B.Yo‘ldoshev , X.Abdimo'minov, K.Amanqulov, tomonidan “Bektepa” mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

✅Asosiy vazifa: Muhtaram Prezidentimizning PQ-55-sonli qarori ijrosini ta’minlash, ishsiz aholini kasb-hunarga yo‘naltirish va har bir xonadonda barqaror daromad manbalarini yaratishdir.

✅O‘rganish davomida hokim yordamchisining tavsiyasi va imtiyozli kredit ko‘magida zamonaviy issiqxona tashkil etgan tadbirkorlar — Hamrayev Hayrullo va Nurqulov Bekzodlarning xonadonida bo‘lindi.

✅"Hokim yordamchisining to‘g‘ri yo‘nalish berishi va davlatimiz yaratgan imtiyozlar sabab bugun o‘z tomorqamizda tadbirkorga aylandik. Bu nafaqat oilamiz byudjetiga baraka, balki bozorlarimizga sifatli mahsulot yetkazib berish imkoniyatidir", — deydi xonadon egalari faxr bilan.

✅Ushbu o‘rganishlar tuman bo‘ylab izchil davom etmoqda. Ko‘zlangan maqsad bitta: Aholi farovonligini yuksaltirish va mahallalarni ishsizlikdan xoli hududga aylantirish!

Slide 1 of 8