Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun targ‘iboti o‘tkazildi.

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun targ‘iboti o‘tkazildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–371) mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida mazkur Qonunning asosiy maqsadi — huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishdan iborat ekani ta’kidlandi.

Deputat o‘z nutqida huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy yo‘nalishlari, mas’ul tashkilotlarning vakolatlari, ichki ishlar organlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlik mexanizmlari haqida batafsil tushuntirish berdi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash hamda ijtimoiy nazoratni kuchaytirish muhim vazifa ekani qayd etildi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi hamda Qonun ijrosini ta’minlash barchaning umumiy mas’uliyati ekani alohida ta’kidlandi.

Mazkur targ‘ibot tadbiri hududda qonun ustuvorligini ta’minlash va tinch-osoyishta muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3