Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MUROJAAT VA IJRO: KO‘CHA NOMLARI QAYTA KO‘RIB CHIQILMOQDA

MUROJAAT VA IJRO: KO‘CHA NOMLARI QAYTA KO‘RIB CHIQILMOQDA

✅Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Rajabov tomonidan “Qarashiq” mahallasi fuqarolarining navbatdagi murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

✅Murojaatning asosiy mazmuni mahalladagi ko‘cha nomlarini qaytadan ko‘rib chiqish va ularni tartibga solish masalasiga qaratilgan. O‘rganish davomida fuqarolarning takliflari tinglanib, amaldagi qonunchilik talablari asosida tushuntirishlar berildi.

✅ Natija: Ko‘cha nomlarini belgilangan tartibda qayta shakllantirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Bu boradagi ishlar tuman Kengashi va mutasaddi tashkilotlar nazoratida bo‘ladi.

Xalq manfaati – oliy qadriyat!