Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi 29 – Galatut saylov okrugi deputati M.Kazakov tuman tibbiyot birlashmasida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda sohaga oid qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.
Deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Ona suti bilan ozuqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqatlariga talablar to‘g‘risida" gi qonun ijrosi yuzasidan o'rganish ishlarini olib bordi.
Shuningdek, yig‘ilishda sog‘liqni saqlash tizimida shaffoflikni ta’minlash, korrupsion holatlarning oldini olish, fuqarolarga sifatli va halol tibbiy xizmat ko‘rsatish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, fikr mulohazalar va takliflar tinglandi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.