Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati F. Turayevning tashabbusi va deputatlik so‘rovi asosida uning saylov okrugiga kiruvchi Gulakandoz mahallasidagi Roziy ko‘chasi hamda boshqa ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari 665-sonli qarorga muvofiq manzilli dasturga kiritildi.
Ushbu qaror doirasida hududda yo‘llarni ta’mirlash, infratuzilmani yaxshilash va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish rejalashtirilgan.
Mazkur masala Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida ham ko‘rib chiqiladi.
Bunday tashabbuslar mahallalarda obodonchilikni oshirish, yo‘llar holatini yaxshilash va aholining turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qiladi.