Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat tomonidan davlat xizmatlari faoliyati tahlil qilindi.

#24_yonalish     

#Nazorati_tahlil_tadbiri

Deputat tomonidan davlat xizmatlari faoliyati tahlil qilindi.

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Ochilova Nazakat Yo‘ldoshovna tomonidan hududdagi davlat xizmatlari markazlari fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi.

Mazkur yo‘nalish O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, shuningdek amaldagi “Davlat xizmatlari to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida tashkil etilgan bo‘lib, fuqarolarga qulay, shaffof va tezkor xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga qaratilgan.

Deputat tomonidan o‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)

Slide 1 of 2