Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
PAXTA YIG‘IM-TERIMIDA FAOL ISHTIROK ETAYOTGAN TERIMCHILAR RAG‘BATLANTIRILDI

PAXTA YIG‘IM-TERIMIDA FAOL ISHTIROK ETAYOTGAN TERIMCHILAR RAG‘BATLANTIRILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov hamda deputat A. Nasriddinov tomonidan kunlik daromad topish maqsadida o‘z tashabbusi bilan paxta yig‘im-terimida ishtirok etayotgan terimchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlarida mehnat qilayotgan fuqarolarning tashabbusi va mehnatga bo‘lgan intilishi e’tirof etildi. Terimchilarga samimiy tilaklar bildirilib, ularning mehnatini qadrlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bunday tashabbuslar aholi bandligini ta’minlash, fuqarolar uchun qo‘shimcha daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish hamda mehnatga bo‘lgan rag‘batni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur faoliyat mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarning 23-bandi — aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishiga mos keladi.

Shuningdek, mavzuga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi O‘RQ-642-son “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni o‘rganildi. 

Unda belgilangan huquqiy asoslar doirasida aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishi va daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Aholi bandligini qo‘llab-quvvatlash, mehnat qilayotgan fuqarolarni rag‘batlantirish va ularning tashabbuslarini e’tirof etishga qaratilgan bunday uchrashuvlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 5