Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
#_24_Masala

Tumanimizdagi ijtimoiy soha ob’yektlarining kuz-qish mavsumiga shayligi doimiy deputatlik nazoratida boʻlib turibdi.

Navbatdagi oʻrganish 86-sonli umumta’lim maktabida boʻlib oʻtdi. Unda “Adolat” SDP vakili, tuman Kengashi deputati va Kotibiyat mudiri M.Urazbayev hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etishdi.

Muloqot va koʻzdan kechirish jarayonida asosiy e’tibor isitish tizimining uzluksiz ishlashi, binoning issiqlik saqlash imkoniyatlari hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi doirasida yaratilgan sharoitlarga qaratildi.

Joyida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha mas’ullarga zaruriy koʻrsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi. Shuningdek, o‘quvchi-yoshlarning sifatli ta’lim olishi hamda qishki mavsumda issiq va qulay xonalarda tahsil olishi asosiy mezon ekanligi ta’kidlandi.

Deputat tomonidan maktab rahbariyati va mutasaddi tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Xalq manfaati va ijtimoiy muassasalarning mavsumga shayligini ta’minlashga qaratilgan bunday nazorat tadbirlari tumandagi boshqa ob’yektlarda ham davom etadi.

Slide 1 of 3