Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
#_24_Masala

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Madamin Kazakov (O‘zLiDeP), deputatga biriktirilgan Yoshlar maslahat guruhi vakili, tuman Kengashi Kotibiyat bosh mutaxassisi Bobur Allaberganov hamda siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari rahbarlari 4-Beruniy saylov okrugidagi Amudaryo tumani sport maktabi faoliyati, shuningdek, hududdagi sport maskanlarida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Deputatlik nazorati tadbirlari davomida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyuldagi “Sport maktablari faoliyatini tizimli tashkil etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 407-sonli qarori ijrosi atroflicha koʻrib chiqildi.

Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha:
Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari holati;
Umumta’lim maktablari, kolledj va akademik litseylarning sport zallari hamda ulardagi sport anjomlarining mavjudligi va jihozlanish darajasi atroflicha oʻrganildi.
Shuningdek, sport maktabidagi mashgʻulotlar va toʻgaraklar jarayoni hamda oʻquvchi-sportchilar erishayotgan natijalar tahlil qilindi.

Oʻrganishlar yakunida aniqlangan masalalarni hal etish, sport inshootlari va zallarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash hamda yoshlarni sportga keng jalb etish boʻyicha masʼullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 6