Xalq deputatlari Sh.Rashidov tuman Kengashi deputati G'.Avalboyev tomonidan Nurafshon mahallasidagi Transport texnikumi bilan hamkorlikda xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida ko‘rgazma tashkil etildi.
Ko‘rgazmada mahallada faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkor xotinqizlarning ishlab chiqarayotgan mahsulotlari, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari hamda mehnat faoliyati natijalari bilan yaqindan tanishildi.
Tadbirkor xotin-qizlarning faoliyatini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash masalalari doimiy e’tiborda bo‘lishi ta’kidlandi.