O‘rganish davomida loyiha doirasida ayni vaqtda asfaltlash ishlari olib borilayotgan ichki ko‘chalar ko‘zdan kechirilib, bajarilayotgan ishlarning amaldagi loyiha talablariga muvofiqligi, yo‘l qoplamasining sifati va ishlarning belgilangan tartibda olib borilayotganligi o‘rganildi.
Shuningdek, asfaltlash jarayonining bajarilish holati, ishlarning sifat ko‘rsatkichlari hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, loyiha doirasidagi ishlarni sifatli, belgilangan talablar asosida va o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.