Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari asosida manzilli o‘rganish olib borildi
янв.21
Qonunlar ijrosi yuzasidan
янв.21
Qonunlar ijrosi yuzasidan
янв.21
XOTIN-QIZLARNING BANDLIGI VA TADBIRKORLIGINI QO‘LLAB-QUVVATLASH — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Tuman Kengashi raisi tadbirda ishtirok etdi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI: MUAMMOLAR TINGLANDI, IMKONIYATLAR TUSHUNTIRILDI
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Sharof Rashidov tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi qoshidagi “Oila maskani”da “Ajrimlarning oldini olish — barchamizning mas’uliyatimiz” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ULARGA YECHIM TOPISH
янв.21
Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
YASHNOBOD TUMANIDAGI “QO‘YLIQOBOD” MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI TIZIMINI YAXSHILASH MASALALARI O‘RGANILDI

#Sessiya_oldi_organish #24_ta_tavsiyaviy_savol #19_1_Modda_ijrosi

❗️YASHNOBOD TUMANIDAGI “QO‘YLIQOBOD” MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI TIZIMINI YAXSHILASH MASALALARI O‘RGANILDI

🏛 Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Obidjon Muminov hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Davronbek Ravshanbekov va Sevara Fayziyevalar birgalikda Yashnobod tumanidagi “Qo‘yliqobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga tashrif buyurib, aholining elektr energiyasi bilan ta’minlanishi hamda mavjud elektr infratuzilmasini yanada rivojlantirish masalalarini o‘rgandilar.

🔎 O‘rganish davomida mahalla hududidagi elektr tarmoqlari va ustunlarning texnik holati ko‘zdan kechirilib, mavjud yog‘och elektr ustunlarini zamonaviy beton ustunlarga bosqichma-bosqich almashtirish masalasi muhokama qilindi.

⚡️ Mazkur yo‘nalishda elektr ta’minotining barqarorligini oshirish, tarmoqlardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘rib chiqildi. Xususan, mavjud elektr ustunlarini xatlovdan o‘tkazish, zarur texnik resurslarni aniqlash va yangilash ishlarini belgilangan tartibda tashkil etishga e’tibor qaratildi.

📋 Tashrif yakunida Yashnobod tuman elektr tarmoqlari rahbariga mahalla hududidagi yog‘och elektr ustunlarini beton ustunlarga almashtirish bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rish, ishlarni bosqichma-bosqich tashkil etish hamda elektr ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10