Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari asosida manzilli o‘rganish olib borildi
янв.21
Qonunlar ijrosi yuzasidan
янв.21
Qonunlar ijrosi yuzasidan
янв.21
XOTIN-QIZLARNING BANDLIGI VA TADBIRKORLIGINI QO‘LLAB-QUVVATLASH — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Tuman Kengashi raisi tadbirda ishtirok etdi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI: MUAMMOLAR TINGLANDI, IMKONIYATLAR TUSHUNTIRILDI
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Sharof Rashidov tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi qoshidagi “Oila maskani”da “Ajrimlarning oldini olish — barchamizning mas’uliyatimiz” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ULARGA YECHIM TOPISH
янв.21
Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Rasulova tomonidan o‘z saylov okrugi hududidagi 16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumida uzluksiz faoliyat yuritishi uchun amalga oshirilgan tayyorgarlik ishlari, xususan, isitish tizimi va qozonxonaning mavsumga tayyorlik holati ko‘zdan kechirildi.

Mazkur MTT davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida ko‘mir yoqilg‘isi yordamida isitiladi. O‘rganish davomida isitish tizimi hamda qozonxona kuz-qish mavsumiga tayyor holatga keltirilgani aniqlandi.

Shuningdek, muassasada mavsumni barqaror o‘tkazish uchun ko‘mir yoqilg‘isi zaxirasini shakllantirish masalasiga ham e’tibor qaratildi. Hozirgi kunda tashkilotda 10 tonna ko‘mir yoqilg‘isi zaxirasi mavjud bo‘lib, qo‘shimcha ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha buyurtma berilgan.

Qo‘shimcha yoqilg‘i zaxirasini yaratish maqsadida ko‘mir yetkazib berishni davom ettirish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda. Bu esa kuz-qish mavsumida ta’lim-tarbiya jarayonining uzluksizligini ta’minlash uchun zarur yoqilg‘i zaxirasini shakllantirishga qaratilgan.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5