Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari asosida manzilli o‘rganish olib borildi
янв.21
Qonunlar ijrosi yuzasidan
янв.21
Qonunlar ijrosi yuzasidan
янв.21
XOTIN-QIZLARNING BANDLIGI VA TADBIRKORLIGINI QO‘LLAB-QUVVATLASH — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Tuman Kengashi raisi tadbirda ishtirok etdi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI: MUAMMOLAR TINGLANDI, IMKONIYATLAR TUSHUNTIRILDI
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Sharof Rashidov tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi qoshidagi “Oila maskani”da “Ajrimlarning oldini olish — barchamizning mas’uliyatimiz” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ULARGA YECHIM TOPISH
янв.21
Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Fuqarolar qabuli davomida murojaatlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 27-“G‘oziyog‘liq” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Rasulova tomonidan “Tug‘onboshi” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi aholi qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularning qonuniy yechimlari yuzasidan fikr almashildi. Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, har bir masalani tegishli tartibda o‘rganish va amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Jumladan, Tug‘onboshi ko‘chasi, 22-B-uyda istiqomat qiluvchi, Kambag‘allik reyestrida turuvchi fuqaro D.Toshpo‘latova uyining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda meros masalasini hal etish yuzasidan murojaat qildi.

Mazkur murojaat deputat tomonidan atroflicha tinglanib, fuqaroning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va merosni qonuniy tartibda rasmiylashtirish bilan bog‘liq masalalari o‘rganildi. Murojaatni hal etish uchun zarur bo‘lgan huquqiy tartib-taomillar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

️Shuningdek, fuqaroning murojaatini amaldagi qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqish, zarur hollarda mas’ul tashkilotlar va mutaxassislar bilan birgalikda amaliy yordam ko‘rsatish masalalari belgilab olindi.

Murojaatni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish hamda masalaning yakuniy yechimini nazoratga olish bo‘yicha kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3