Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari asosida manzilli o‘rganish olib borildi
янв.21
Qonunlar ijrosi yuzasidan
янв.21
Qonunlar ijrosi yuzasidan
янв.21
XOTIN-QIZLARNING BANDLIGI VA TADBIRKORLIGINI QO‘LLAB-QUVVATLASH — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Tuman Kengashi raisi tadbirda ishtirok etdi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI: MUAMMOLAR TINGLANDI, IMKONIYATLAR TUSHUNTIRILDI
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Sharof Rashidov tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi qoshidagi “Oila maskani”da “Ajrimlarning oldini olish — barchamizning mas’uliyatimiz” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ULARGA YECHIM TOPISH
янв.21
Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Aholi qabuli: murojaatlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Paygamova tomonidan “Yangi obod” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi aholi qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi. Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan har bir masala alohida o‘rganildi.

A.T.Xuqandiy mavzesidagi 110–121-ko‘p qavatli uylar oldini asfaltlashtirish masalasi aholi tomonidan ko‘tarilgan dolzarb murojaatlardan biri bo‘ldi. Fuqarolar mazkur hududdagi yo‘l qoplamasining holati transport vositalari harakati va piyodalar uchun noqulaylik tug‘dirayotganini bildirib, yo‘lni ta’mirlash hamda asfalt qoplamasi yotqizish bo‘yicha amaliy yordam so‘radilar.

Deputat tomonidan mazkur murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganilib, mavjud holat yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralarni ko‘rish masalasi muhokama qilindi.

Murojaatlarni qonunchilik doirasida hal etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi. Mazkur masala deputat nazoratiga olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 7