Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari asosida manzilli o‘rganish olib borildi
янв.21
Qonunlar ijrosi yuzasidan
янв.21
Qonunlar ijrosi yuzasidan
янв.21
XOTIN-QIZLARNING BANDLIGI VA TADBIRKORLIGINI QO‘LLAB-QUVVATLASH — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Tuman Kengashi raisi tadbirda ishtirok etdi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI: MUAMMOLAR TINGLANDI, IMKONIYATLAR TUSHUNTIRILDI
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Sharof Rashidov tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi qoshidagi “Oila maskani”da “Ajrimlarning oldini olish — barchamizning mas’uliyatimiz” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ULARGA YECHIM TOPISH
янв.21
Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi

Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 3-Yangi qurilish saylov okrugi deputati Z. Sapaev tomonidan "Madaniy-ma’rif" mahallasida qattiq maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati hamda hududning sanitariya-tozalik ahvoli o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish ishlarining tashkil etilishi, xizmat ko‘rsatuvchi korxona tomonidan belgilangan jadval asosida ishlar amalga oshirilayotgani, sanitariya qoidalariga rioya etilishi hamda hududlarning obodonlashtirish holati yuzasidan monitoring olib borildi.

Shuningdek, deputat tomonidan mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning chiqindilarni olib chiqish tizimi, hudud tozaligi va kommunal xizmatlar sifati yuzasidan fikr-mulohazalari hamda murojaatlari tinglandi.

Muloqot davomida aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqishni ta’minlash hamda hududning sanitariya holatini yanada yaxshilash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar ijrosini nazoratga olish hamda ularning amaldagi qonunchilik talablari asosida hal etilishini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4