Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari asosida manzilli o‘rganish olib borildi
янв.21
Qonunlar ijrosi yuzasidan
янв.21
Qonunlar ijrosi yuzasidan
янв.21
XOTIN-QIZLARNING BANDLIGI VA TADBIRKORLIGINI QO‘LLAB-QUVVATLASH — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Tuman Kengashi raisi tadbirda ishtirok etdi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI: MUAMMOLAR TINGLANDI, IMKONIYATLAR TUSHUNTIRILDI
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Sharof Rashidov tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi qoshidagi “Oila maskani”da “Ajrimlarning oldini olish — barchamizning mas’uliyatimiz” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ULARGA YECHIM TOPISH
янв.21
Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Oltinko‘l mahallasida aholi muammolari o‘rganildi

#Deputat_nazorati
#ish_reja_ijrosi
#162_ta_qonun_ijrosi

❗️Oltinko‘l mahallasida aholi muammolari o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati K.Mamanova Oltinko‘l mahallasida xonadonlarni uyma-uy yurib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qildi.

Tashriflar davomida fuqarolarning kundalik muammolari, ayniqsa, bandlik va ishga joylashish bilan bog‘liq masalalari o‘rganildi. Ishsiz fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga jalb etish hamda daromad manbaini yaratish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Shuningdek, xonadonlardagi ijtimoiy sharoitlar bilan tanishilib, yordam va e’tiborga muhtoj oilalarning ehtiyojlari aniqlashtirildi. Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.

Aholining murojaatlarini joyida o‘rganish va fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3