Shahar 3-son bolalar musiqa va san’at maktabida qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan o‘rganish olib borildi.
➡️O‘rganish davomida binoning mavsumga tayyorgarligi, mavjud isitish tizimlari, o‘quv xonalari va boshqa zarur shart-sharoitlarning holatiga e’tibor qaratildi.
➡️Shuningdek, muassasa mas’ullarining kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar uchun qulay va issiq muhit yaratish borasidagi taklif va mulohazalari eshitildi.
➡️Aniqlangan ehtiyojlardan kelib chiqib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, zarur texnik va moddiy ta’minotni yaxshilash hamda mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.