35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Shahar 3-son bolalar musiqa va san’at maktabida qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, xususan, tashkilotda xavfsizlik talablariga rioya etish holati yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida muassasada xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishida ayrim kamchilik va muammoli holatlar mavjudligi aniqlandi.

Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish, o‘quvchilar va xodimlar uchun xavfsiz hamda qulay shart-sharoitlarni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullar tomonidan amaliy ishlar olib borilayotgani, xavfsizlik talablarini to‘liq ta’minlashga qaratilgan choralar ko‘rilayotgani qayd etildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha xavfsizlik bilan bog‘liq masalalarni to‘liq bartaraf etish va belgilangan talablar ijrosini doimiy nazorat qilib borish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1