35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Raxmonov tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri — hududlardagi ichki yo‘llarning holatini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish yuzasidan Kuyovboshi mahallasi Anhorbo'yi ko‘chasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar natijasida ko‘chaning 300 metr qismini asfaltlash zarurati mavjudligi aniqlandi. Mazkur yo‘l qismi shu vaqtga qadar asfaltlashtirilmagan bo'lib, belgilangan dasturlar doirasda ko'chaning 2 km kirish qismi asfaltlashtirilgan bo'lib ohirgi 300 metr qismi qolib ketgan.
Aniqlangan muammo yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga xabar berilib, mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, uning amaliy yechimi va belgilangan tartibda hal etilishi yuzasidan monitoring olib borilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2