Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari asosida manzilli o‘rganish olib borildi
янв.21
Qonunlar ijrosi yuzasidan
янв.21
Qonunlar ijrosi yuzasidan
янв.21
XOTIN-QIZLARNING BANDLIGI VA TADBIRKORLIGINI QO‘LLAB-QUVVATLASH — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Tuman Kengashi raisi tadbirda ishtirok etdi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI: MUAMMOLAR TINGLANDI, IMKONIYATLAR TUSHUNTIRILDI
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Sharof Rashidov tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi qoshidagi “Oila maskani”da “Ajrimlarning oldini olish — barchamizning mas’uliyatimiz” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ULARGA YECHIM TOPISH
янв.21
Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Kengash_faoliyati

#Fuqaro_muamosi
#24_ta_masala
#Haftalik_ish_reja_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Bahoriston" mahallasida xonadonbay tahlil asosida aholi muammolariga yechim izlanmoqda

Bandixon tumanida fuqarolarning hayotiy ehtiyojlarini o‘rganish, ularning murojaatlariga manzilli va amaliy yechim topish hamda mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga ko‘maklashish borasida tizimli deputatlik nazorati yo‘lga qo‘yilgan.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 14-Bahoriston saylov okrugidan saylangan deputat S.Jumayev hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi B.Qurbonov "Bahoriston" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bo‘lib, aholi xonadonlariga bevosita kirgan holda xonadonbay o‘rganishlar o‘tkazdilar.

Uchrashuv va muloqotlar davomida fuqarolarning kundalik turmush sharoitlari, oilalar daromad manbalari, tomorqadan samarali foydalanish hamda ichki ko‘chalar, elektr va ichimlik suvi tarmoqlari kabi kommunal infratuzilma bilan bog‘liq masalalar atroflicha tahlil qilindi.

Tashrif davomida bildirilgan barcha taklif va murojaatlar tizimlashtirilib, ularni hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga deputatlik so‘rovlari kiritilishi va ijro jarayoni tuman Kengashi tomonidan doimiy monitoring qilib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 2