Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
“SHIELI” OFYDA BEPUL DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri E. Mirzayev tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR asosida “Shieli” OFYdagi oilaviy shifokorlik punktida aholining davlat tomonidan bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlanish holati o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayoni, shuningdek, belgilangan tartibda bepul berilishi lozim bo‘lgan dori vositalarining mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

🔹 Shuningdek, dori vositalarini ehtiyojmand fuqarolarga belgilangan tartib asosida yetkazib berish, shifokor tavsiyasi va retseptlari asosida dori-darmonlarni olish jarayoni hamda bu boradagi hujjatlarning yuritilishi ko‘zdan kechirildi.

🔹 Aholining murojaatlari, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida aniqlash va tegishli choralar ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, oilaviy shifokorlik punktlari va oilaviy poliklinikalarda davlat tomonidan bepul beriladigan dori vositalari hamda tibbiyot buyumlari haqida fuqarolar uchun ma’lumot olish imkoniyati mavjud.

📌 O‘rganish yakunida aholiga bepul dori vositalarini yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda belgilangan tartib va talablarning to‘liq bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Aholining sifatli tibbiy xizmat va zarur dori vositalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 3