Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
“SHIELI” OFYDA MAHALLA RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri E. Mirzayev tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR asosida “Shieli” OFY mahalla raisining faoliyati o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida mahalla raisining hududda ishlarni samarali tashkil etishi, aholi bilan doimiy muloqot olib borishi hamda fuqarolar tomonidan bildirilayotgan murojaat va muammolarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🔹 Shuningdek, “mahalla yettiligi” faoliyatini muvofiqlashtirish, mahalla hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan ishlarni tizimli tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

🔹 Mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, ehtiyojmand oilalarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, bandlik hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishlarida tegishli mas’ullar bilan hamkorlik qilish samaradorligiga ham e’tibor qaratildi.

🔹 Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, aniqlangan muammolarni joyida o‘rganish va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

📌 O‘rganish yakunida mahalla raisining ish samaradorligini yanada oshirish, aholi bilan ochiq va doimiy muloqotni kuchaytirish, “mahalla yettiligi” faoliyatini yanada muvofiqlashtirish hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mahalladagi har bir muammoni joyida o‘rganish va uning yechimini ta’minlash — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 1