Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
“SHIELI” OFYDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri E. Mirzayev tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR asosida “Shieli” OFY xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilgan ishlar holati o‘rganildi. Mazkur masala tavsiyalarning 6-yo‘nalishi sifatida belgilangan.

🔎 O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, ularning murojaatlari va muammolarini aniqlash, mavjud masalalarni manzilli hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

👩‍👩‍👧‍👦 Shuningdek, ijtimoiy ko‘makka ehtiyojmand xotin-qizlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi ishlar tahlil qilindi. 

🏠 Oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, muammoli oilalar bilan manzilli ishlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, turli muammoli holatlarning oldini olish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

📌 Xotin-qizlar faoli, mahalla “yettiligi” a’zolari va tegishli tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini ta’minlash muhimligi qayd etildi.

📝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, bandlik va kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini kuchaytirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda murojaatlar bilan ishlashni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🤝 Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va muammolarini manzilli hal etish — mahalla farovonligini ta’minlashning muhim omilidir.

Slide 1 of 1