Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari asosida manzilli o‘rganish olib borildi
янв.21
Qonunlar ijrosi yuzasidan
янв.21
Qonunlar ijrosi yuzasidan
янв.21
XOTIN-QIZLARNING BANDLIGI VA TADBIRKORLIGINI QO‘LLAB-QUVVATLASH — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Tuman Kengashi raisi tadbirda ishtirok etdi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI: MUAMMOLAR TINGLANDI, IMKONIYATLAR TUSHUNTIRILDI
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Sharof Rashidov tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi qoshidagi “Oila maskani”da “Ajrimlarning oldini olish — barchamizning mas’uliyatimiz” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ULARGA YECHIM TOPISH
янв.21
Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
MAHALLALARDA XAVFSIZLIK VA OSOYISHTALIK — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Mahallalarda xavfsizlikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini o‘rganish doirasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

🇺🇿Xalq deputatlari Kengashi deputati Usmanov N., Milliy gvardiya hamda ichki ishlar organlari xodimlari bilan birgalikda hududdagi ko’cha boshi, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida aholining tinchligi va xavfsizligini ta’minlash, mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jinoyatchilikka olib kelishi mumkin bo‘lgan omillarni barvaqt aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💬Fuqarolarning fikr-mulohazalari va murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan mas’ul xodimlar bilan fikr almashildi. Ayniqsa, profilaktik ishlarni kuchaytirish, aholi bilan manzilli ishlash va xavfsizlikni ta’minlashda mahalla, ichki ishlar organlari hamda Milliy gvardiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.

🤝Bunday ochiq muloqotlar nafaqat mavjud muammolarni aniqlash, balki ularning oldini olish, fuqarolar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mahallalarda osoyishta muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2