Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari asosida manzilli o‘rganish olib borildi
янв.21
Qonunlar ijrosi yuzasidan
янв.21
Qonunlar ijrosi yuzasidan
янв.21
XOTIN-QIZLARNING BANDLIGI VA TADBIRKORLIGINI QO‘LLAB-QUVVATLASH — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Tuman Kengashi raisi tadbirda ishtirok etdi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI: MUAMMOLAR TINGLANDI, IMKONIYATLAR TUSHUNTIRILDI
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Sharof Rashidov tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi qoshidagi “Oila maskani”da “Ajrimlarning oldini olish — barchamizning mas’uliyatimiz” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ULARGA YECHIM TOPISH
янв.21
Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengash raisi R.Toshpo‘latov tomonidan Birlashgan mahalla fuqarolar yig‘ini hududida elektr simyog‘ochlarining holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida ayrim simyog‘ochlar texnik jihatdan eskirgani, ulardan foydalanish aholi xavfsizligi hamda elektr ta’minoti barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etildi. Mazkur muammo yuzasidan fuqarolarning murojaatlari va takliflari ham tinglandi.

Muammoni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda mas’ul tashkilotlar e’tiborini ushbu masalaga qaratish maqsadida tuman deputati tomonidan tegishli idoralarga deputatlik so‘rovi kiritishga kelishib olindi.

Tashrif yakunida aholi xavfsizligini ta’minlash, yaroqsiz holga kelgan simyog‘ochlarni bosqichma-bosqich almashtirish va elektr tarmoqlarini texnik jihatdan yaxshilash bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 1