Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT NAZORATI

Shu maqsadda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A. Mamatmuratov tomonidan 11-“Guliston” saylov okrugiga qarashli “Qoratepa” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari tashkil etildi. 

Mazkur o‘rganish jarayonida mahalla raisi faoliyati, hududda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash holati hamda mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi. 

Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M. Xujanov, kotibiyat bosh mutaxassislari A. Esanov va I. Roziqov, shuningdek “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tumandagi bosh mutaxassisi N. Kenjayev ishtirok etdi. 

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar, ko‘rsatmalar hamda huquqiy maslahatlar berildi. 

Deputat xalq manfaatlari yo‘lida xizmatda! 

  ✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 10