Mazkur oʻrganishlar jarayonida mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun ustuvor hisoblangan yoʻnalishlar bo'lgan aholini sifatli kommunal xizmatlar bilan ta'minlanganligi, ichki yo'llarning holati va ijtimoiy muammolarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Fuqarolar tomonidan koʻtarilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, infratuzilma bilan bogʻliq kamchiliklar hamda aholini tashvishga solayotgan boshqa dolzarb masalalar uyma-uy yurib organilmoqda.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli choralarni belgilash, mas’ul tashkilotlar va mutasaddilarga oʻz vaqtida ma’lumot yetkazish hamda ularning ijrosini deputatlik nazoratiga olish ishlari tizimli ravishda yoʻlga qoʻyilmoqda.