Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishida 2026-yilning I choragi davomida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga koʻmaklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi. Yigʻilishda ushbu yoʻnalishlarda amalga oshirilgan ishlarning samaradorligini yanada oshirish, yangi istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etish va mavjud muammolarni hal etish boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi. Xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrni va faolligini oshirish, ularning huquqiy va ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga doir ishlar izchil davom ettirilishi taʼkidlandi.