Yangiliklar

#Kengash_faoliyati #Andijon_shahar #deputat_faoliyati #D_Rahmatullayeva #24_tavsiya #KQ_35 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 3-Andijon saylov okrugi deputati D. Rahmatullayeva Andijon shahridagi “Nodirabegim” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi.

#Kengash_faoliyati #Andijon_shahar #deputat_faoliyati #D_Rahmatullayeva #24_tavsiya #KQ_35 

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 3-Andijon saylov okrugi deputati D. Rahmatullayeva Andijon shahridagi “Nodirabegim” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida yangi foydalanishga topshirilayotgan mahalla binosining holati o‘rganilib, mahalla “yettiligi” faoliyatining 1-chorak yakunlari tahlil qilindi. Shuningdek, kelgusida ish samaradorligini oshirish, aholining muammolariga tezkor yechim topish hamda fuqarolar roziligini ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Qayd etilganidek, yangi bino mahalla faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu bilan birga, mahalla faollari tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan aniq choralar ko‘rish maqsadida tegishli deputat so‘rovlari tayyorlanmoqda.

Slide 1 of 8